NODIR ELEMENTLAR

NODIR ELEMENTLAR, siyrak elementlar — yer qatlamida juda kam uchraydigan elementlarning shartli nomi. Ular 45 ga yaqin metalldan iborat. Chunonchi: litiy (Li), rubidiy (Rb), seziy (Cs), berilliy (Be), radiy (Ra), galliy (Ga), indiy (In), talliy (TI), germaniy (Ge), vanadiy (V), niobiy (Nb), tantal (Ta), selen (Se), tellur (Te), poloniy (Ro), molibden (Mo), volfram (W), reniy (Re), skandiy (Sc), ittriy (Y), lantan (La) va 14 lantanoid, aktiniy (As), toriy (Tp), protaktiniy (Ra), uran (U) va inert gazlar. N. e. nisbatan yangi yoki nisbatan kam oʻzlashtirilgan elementlardir. Nodir elementlarning aksarisi Yer poʻstila oz, baʼzilari koʻp uchraydi, hatto ularning Yer poʻstidagi miqdori turmushda va texnikada eng koʻp qoʻllanadigan elementlarni-kidan ancha ortiq ekanligi maʼlum. Mas, bir vaqtlar «nodir» hisoblangan titan . elementining Yer poʻstidagi miqdori tabiatdagi uglerod, azot kabi elementlarnikidan ancha ortikdir. Barcha Nodir elementlar Yer poʻstining massa jihatidan 0,2%ini tashkil qiladi. Togʻ jinsining 1 t sida oʻrtacha 65 g litiy, 46 g seriy, 150 g vanadiy, 220 g sirkoniy boʻladi. Nodir elementlar koʻpincha, Yer poʻstida 2 ta, 3 ta, 4 ta element bilan birga uchraydi. Mas, 1 guruhga mansub Li, Rb, Cs III guruhga oid Se, Y kabi nodir-yer elementlari b-n, IV guruhga oid Ge Zr b-n, V guruhga oid Nb Ta b-n, IV guruh elementi — Mo esa W bilan birgalikda uchraydi.

Oʻrta Osiyodagi Nodir elementlarning deyarli barchasi tarkibi murakkab rudalarda uchraydi. Angren konidan qazib olinadigan kumir tarkibida galliy, germaniy, vanadiy, molibden, reniy elementlari mavjud. Olmaliqdagi Qalmoqqir metall konidagi rudalar tarkibida esa molibden, reniy kabi Nodir elementlar uchraydi. Bu elementlar juda oz miqdorda bulganligi sababli ularni boyitish va ajratib olishning sama-rali usullari va texnologiyalari hozircha ishlab chiqilmagan. «Qizil-qumnodirmetalloltin» konserniga qarashli hududlarda uran va b. aktinoid elementlar bor. Ayni vaqtda sanoat miqyosida faqat uran birikmalari ajratib olinadi. Nodir elementlardan xalq xoʻjaligida muhim ahamiyatga ega boʻlgan qotish-malar olishda, optik asboblar va b. yasashda keng foydalaniladi.

Ad. h Dalimov T. N., Shayakubov T. Sh., Troskiy V. I. va b., Geologiya i poleznыye iskopayemыye respubliki Uzbekistan, T., 1998; Bukin V. I., Ichumnov M. S, Safonov V. V., Pererabotka proizvodstvennыx otxodov i vtorichnыx resursov, soderjaщыx redkiye, blagorodnыye i svetnыye metallы, M., 2002.

Omonulla Xoʻjayev.

Next Article

NODIRA