NOM

NOM (mantiqda) — til ifodasi. Predmet (atoqli Nom) yoki bir guruh predmetlar (umumiy Nom)ni anglatadi. Bunda predmet keng maʼnoda tushuniladi. Atoqli Nomlar ayrim predmetlarning Nom lari (Mas, «Bobur», «Oʻtgan kunlar» muallifi) hamda bir guruh predmetlarning umumlashgan Nom lariga (Mas, «insoniyat») boʻlinadi. Guruhlar Nom ini umumiy Nom (Mas, «inson»)dan farqlash lozim. Sodda yoki elementar N. lar va murakkab Nomlar boʻladi. Sodda N. lar boshqa N. lardan yoki tilning boshqa maʼnoli ifo-dalaridan tuzilmaydi. Murakkab N. lar esa maʼno kasb etuvchi qismlardan tu-zilgan boʻladi («insoniyat» — sodda N. boʻlsa, «xrzirgi insoniyat» murakkab N.). Formallashgan tillarda atoqli N. larning analogi konstantadir; predmetlarning atoqli N. lariga individ konstantalar, guruhlarnint atoqli N. lariga guruh konstantalar mos boʻladi. Nomlar va ular bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar (avvalo N. bilan u ifoda etadigan predmet urtasidagi munosa-bat)ni mantiqiy semantika oʻrganadi.

Prev Article

NOKTYURN

Next Article

NOMA