NOMLAR

NOMLAR (yun. nomos — mamlakat, vi-loyat, okrug) — Qad. Misrdagi maʼmuriy okrug (misrcha — «sepat»). Misr davlati yagona irrigatsiya tizimini barno etish va ishlashi uchun zarur boʻlgan siyosiy birlashmalar — N. dan tashkil topgan edi. Har bir Nomlarning aniq belgilangan chegarasi, siyosiy va diniy markazi, qoʻshini, gerbi va homiy xudolari boʻlgan. Nomlarning maʼmuriy appa-rati nomarxga boʻysungan. Podshohlardan Snofru va Neuserra (IV va V sulolalar) ibodatxonalarida 97 ta Qad. podsholik (mil. av. 28—23 a. lar) Nomlar ining roʻyxati keltirilgan.

Prev Article

...NOMIYA

Next Article

NOMOGRAMMA