NORILSK

NORILSK — RFning Krasnoyarsk oʻlkasidagi shahar (1953-y. dan). Dunyoda eng shim. shaharlardan biri (Shim. Qutbiy doyra orqasida joylashgan). T. y. stansiyasi (t. y. orqali Yeniseydagi Dudinka porti bilan boglangan). Axrlisi 151,2 ming kishi (1998). 1935-y. da konchilik-metallurgiya k-ti qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Rangli metallurgiya markazi. Nikel, kobalt, mis va b. rudalar qazib olinadi va qay-ta ishlanadi; toshkoʻmir qazib olinadi. Metallsozlik va qurilish materi-allari sanoati korxonalari ishlab turibdi. Messoyaxa-Norilsk gaz quvuri oʻtkazilgan. Chekka Shimol q. x. ilmiy tadqiqot in-ti, teatr, suratlar galereyasi bor.

Prev Article

NORJIGITOV

Next Article

NORIN