Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR

NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR — vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning umummajburii koʻrsatmasi. Ularda huquq normalari (qonun, kodeks, farmon, qaror, yoʻriqnoma va b.) oʻrnatiladi, oʻzgartiriladi va bekor qilinadi. N.-h. h. Oʻzbekiston Respublikasida huquqning asosiy manbaidir. OʻzRning 2000-y. 14 dek. da qabul qilingan «Normativhuquqiy hujjatlar toʻgʻrisida»gi qonunining 2-moddasiga koʻra, «… umummajburii davlat koʻrsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat N.-h. h. deb hisoblanadi». Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar OʻzRda N.-h. h. ni qabul qilish hukuqiga ega. Normativ-huquqiy hujjatlarning asosiy belgilari quyidagilar: vakolatli davlat organi tomonidan umumiy qoidalarga asosan chiqa-riladi, aniq oʻrnatilgan tartiblar asosida qabul qilinadi; N.-h. h. ni qabul qilish jarayoni huquq ijodkorligi mahsuli boʻlib hisoblanadi; N.-h. h. ushbu hujjatning nomidan kelib chiqib umumiy xarakterdagi xulq-atvor qoidalarini huquq normalari koʻrinishida mujassamlantiradi; N.-h. h. rasmiy hujjat boʻlib, belgilangan shakl va rekvizitlarga ega: rasmiy nomi, raqami, ushbu hujjatni qabul qilgan organning nomi, qabul qilingan va kuchga kirgan vaqti, rasmiy eʼlon qilingan joyi va h. k. ; N.-h. h. yuridik kuchga ega.

N.-h. h. ga quyidagi asosiy talablar qoʻyiladi: N.-h. h. loyihasini ishlab chiqayotgan organ, qoida tariqasida, loyihani tayyorlash yuzasidan komissiya tuzadi; N.-h. h. loyihalarini tayyorlashga manfaatdor davlat organlari, ilmiy muassasalar va b. tashkilotlarning vakillari, ayrim fuqarolar jalb etilishi mumkin; N.-h. h. ni qabul qiluvchi organ bir necha davlat organlari, ilmiy muassasalar va b. tashkilotlarga ayrim fuqarolarga muqobil loyihalar tayyorlashni topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek, eng yaxshi loyiha uchun tan-lovlar eʼlon qilishga haqlidir; va-zirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining N.-h. h. loyihalarini tayyorlash boʻyicha ishini muvofiqlashti-rib turish OʻzR Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi; N.-h. h. ning matni loʻnda, oddiy va ravon tidda bayon etiladi. N.-h. x,. da uni amalga oshirishning huquqiy vositalari, shu jumladan, moliyalashtirish manbalari, ragʻbatlantirish, mukofotlash va nazorat qilish chora-tadbirlari va sh. k. koʻrsatilishi mumkin.

N.-q. h. agar uning matnida boshqa izoh berilmagan boʻlsa, muddatsiz amal qiladi. N.-h. h. amal qilishining vaqtinchalik muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. N.-h. h. ning amal qilishi OʻzR fuqarolari va yuridik shaxslariga, shuningdek, OʻzR hududidagi chet ellik yuridik shaxslar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tatbiq etiladi.

Nurmat Saburov.

Prev Article

NORMAT QIZIQ SULOLASI

Next Article

NORMATOV