NORRISH (Norrish) Ronald Jorj Reyford (1897.9.1, Kembrij — 1978.7.6 ) — ingliz fizik-kimyogari. Kembrij un-t prof. (1937-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari oʻta tezkor kimyo-viy reaksiyalarni impuls usullari bilan tadqiq qilishga oid. Yorugʻlik nuri taʼsirida ketonlarning parchalanishini (Norrish reaksiyasi) topgan (1936—38). J. Porter bilan hamkorlikda impulsli fotolizning birinchi qurilmasini yasagan (1950). Benzinga tetraetilqoʻrgʻoshin qoʻshilganda peroksidlar — spontan yonish markazlarining qaytarilishi natijasida detonatsiyaning yoʻqolishini aniklagan. Nobel mukofoti laureati (1967, J. Porter va M. Eygen bilan hamkorlikda).