NURIMOV

NURIMOV Quronboy (1949.1.10, Urganch tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999). ToshDUni tugatgan (1974). 1974-y. dan Urganch tumanidagi 5-maktabda mat. fani oʻqituvchisi, 1977-y. dan viloyat oʻqituvchilar malakasini oshirish in-tida kabinet mudiri, direktor. 1995 — 97 y. larda Xorazm viloyat xalq taʼli-mi boshkarmasida ishlagan. 1997-y. dan Urganch tumanidagi 45-internat-li-seyi direktori, 2000-y. dan Urganch sh. xalq taʼlimi boʻlimi mudiri. Ish fa-oliyati davomida aniq fanlar boʻyicha ixtisoslashgan maktab va sinflar tashkil etgan, taʼlim jarayoniga yangi pe-dagogik texnologiyalar, ilgʻor ish us-lublarini joriy qiladi.

Prev Article

NURIDDIN GʻORI

Next Article

NURISTON