NYUFAUNDLEND

NYUFAUNDLEND — Atlantika okeanidagi orol. Shim. Amerikaning sha-rqiy qirgʻoqlari yaqinida, Kanadaga qarashli Nyufaundlend provinsiyasi tarkibida. Mayd. 111 ming km2. Yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik. Ayrim te-paliklarining bal. 200—300 m, eng baland joyi 814 m. Koʻl va botqoklik koʻp. Nyufaundlend materikdan antropogen davrida ajralgan. Iqlimi moʻtadil, dengiz iklimi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —4° dan — 10° gacha, iyulniki 10—15°. Yiliga 750—1500 mm yogʻin yogʻadi. Nyufaundlend, asosan, igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Gro-Morn va Terra-Nova milliy boglari tashkil etilgan. Baliq ovlanadi, yogʻoch tayyorlanadi. Bosh shahri — Sent-Jons. Nyufaundlend soxillariga dastlab yevropaliklardan 11-a. da normannlar borganlar.

Next Article

NYUFAUNDLEND