OAXAKA

OAXAKA — Meksikaning jan. qismidagi shtat, Tinch okean sohilida. Mayd.95,4 ming km2. Aholisi 3,4 mln. kishi (2000), asosan, indeyslar. Maʼmuriy markazi — Oaxaka sh. Yirik shaharlari: Istepek, Matias-Romero, Salina-Krus, Treuantepek, Xuchitan. Shtatning katta qismini Jan. SyerraMadre togʻ sistemasi (bal. 2500—3400 m) egallagan, sharqiy qismi — pasttekislik. Iklimi tropik, markaziy r-nlarda moʻtadil nam, chekkalarida seryogʻin. Oʻrtacha oylik t-ra togʻlarda 24°dan pasttekisliklarda 24—28°. Togʻlar aralash oʻrmonlar, quruq soyliklar savannalar, jan. va sharqiy qismi doim yashil tropik oʻrmonlar bilan qoplangan.

Oaxaka — Meksikaning iqtisodi nisbatan kam rivojlangan shtatlaridan. Aholining katta qismi q. x. da band. Ananas plantatsiyalari bor. Sugʻoriladigan yerlarda tropik koʻp yillik ekinlar yetishtiriladi. Oltin, kumush, titan konlari topilgan. Oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz sanoatlari, hunarmandchilik rivojlangan. Tinch okean sohilida SalinaKrus porti joylashgan.

Prev Article

O

Next Article

OBASANJO