OBYEKTIVIZM — dunyoqarashdagi, ijtimoiy fanlardagi, adabiyot va sanʼatdagi yoʻnalish. Subyektivizmnit aksi. Voqelikni toʻgʻri bilish ijtimoiy hodisalarni sinfiy taxlil etishni rad qiladi. Unga koʻra, ilmiylik partiyaviylikdan va sinfiylikdan xoli boʻlmogʻi lozim; qadriyatlar va maqsadlarni ijtimoiytanqidiy baholashdan, mushoxadalashdan saqlanish, falsafiy va axloqiy masalalardan, ayniqsa, partiyalarning xulosalaridan chetda turish yoʻli b-ngina obyektiv bilimga ega boʻlish mumkin.