OBRENOVICHLAR

OBRENOVICHLAR — Serbiyadagi knyazlar (1815—42, 1858—82), soʻngra qirollar (1882—1903) sulolasi. Asoschisi — Milosh Obrenovich. 1842-y. mamlakatdan quvgʻin qilingan; 1858-y. Serbiya taxtiga qayta tiklangan. Obrenovichlar sulolasi hukmdorlari: Milosh . (1815—39, 185860); Mixail (1839-42, 1860 — 68); Milan (1868 — 89, 1882-y. dan qirol); Aleksandr (1889—1903). Obrenovichlarning soʻnggi vakili — Aleksandr Karageor-giyevichlar tarafdorlari boʻlgan zobitlar guruhi tomonidan oʻldirilgan.

Next Article

OBROK