OBROK — oʻrta asrlarda Rossiyada po-meshchiklar tomonidan dehqonlardan pul va oziq-ovqat koʻrinishida olina-digan yillik yigʻim. Oziq-ovqat Obroki 1861-y. 19 fev. dagi Nizomga asosan be-kor qilingan, pul Obroki — vaqtincha majburiyat asosida ishlovchi dehqonlar uchun 1883-y. gacha saqlanib qolgan.