OBUNA

OBUNA (frans. abonner — yozilmoq) — davriy nashrlar (gaz., jur.) va tegishli bosma kitoblar (koʻp jildli badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar) uchun oldindan buyurtma toʻplash, ularga yozilish. Obuna maʼlum maʼnoda nashr mahsulotlari adadi (mikdori)ning qancha boʻlishini avvaldan belgilash imkonini beradi. Oʻzbekistonda davriy nashrlarga Obuna «Matbuottarqatish» uyushmasi, pochta-aloqa boʻlimlari, korxona, muassasa va oliy oʻquv yurtlaridagi jamotchi tarqatuvchilar tomonidan, boshqa bosma asarlarga Obuna kitob savdosi bilan shugʻullanuvchi tashki-lotlar, maxsus kitob doʻkonlari tomonidan amalga oshiriladi.

Prev Article

OBSERVATSIYA

Next Article

OBCHAK SVITASI