OCHIQ IQTISODIYOT

OCHIQ IQTISODIYOT — jaxrn mikyosida tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi harakatida, milliy iqtisodiyotlar oʻrtasida oʻzaro toʻsqinliklar boʻlmaydigan iqtisodiyot. O. i. unga teskari boʻlgan yopiq iqtisodiyotdan ayrim belgilariga koʻra farqla-nadi: O. i. da jami taklifning qoʻshim-cha elementi — eksport bilan import oʻrtasidagi farqni belgilaydigan sof eksport mavjud boʻladi; ochik sharoitlarida tovarlar, xizmatlar, pullar va moliyaviy aktivlar mehnat resurslari b-n birgalikda valyuta bozorini yuzaga keltiradi; bu bozordagi pul qiymati — valyuta kursi asosiy makroiqtisodiy parametrga aylanadi; O. i. da fiskal va pulkredit siyosati yopiq xoʻjalikka nisbatan boshqa natijalarni yuzaga keltiradi.

Ochiq iqtisodiyotda monetar siyosat jami talabga taʼsir koʻrsatish nuqtayi nazaridan mutlaq samarasiz boʻlib qoladi. Shuning uchun pul taklifini koʻpaytirish orqali barcha takliflarni ragʻbatlantirishga urinish «ortiqcha» pullarning Markaziy bankda valyutaga almashtirish uchun sotilishiga olib kelishi mumkin. Bu esa davlat valyuta zaxiralarini kamayishiga olib keladi, lekin umumiy talabga taʼsir koʻrsatmaydi. Hoz. sharoitda turli bozorlarning ochiklik darajasi ham bir xil emas.

Ayrim holatlarda yuqori darajada to-varlar, xizmat bozorlari, kam miqdorda kapitallar bozori, undan ham kam miqsorda esa mehnat bozorlari erkinlashtiriladi.

Milliy iqtisodiyotlarning birbirlariga nisbatan oʻsib boruvchi ochikligi iqtisodiyotni milliylashuvi jarayo-nining ajralmas, boshlangʻich qismidir. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taq-simotini chuqurlashtirib, mahsulot va xizmatlar sifatining oʻsishiga va i. ch. xarajatlarini pasayishga olib keladi. Koʻp mamlakatlar Ochiq iqtisodiyotga oʻtishda roʻy beradigan xavf-xatarlar boʻlishini hisobga olib, tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarishda bojxona bojlari stavkalarini qaytadan koʻrib chiqish-ga, import va eksportga miqdoriy kvotalar va litsenziyalar belgilashni ta-komillashtirishga, valyuta nazorati olib borishga ahamiyat beradilar. Bundan tashqari, xalqaro darajalarda mamlakatlar oʻrtasida xolisona taqsimot, xarajatlarni eng kam darajaga olib kelish orqali xoʻjalik faoliyatini milliylashtirish boʻyicha mexanizmlarni topish ishlari ham izlanadi.

Dilerom Tojiboyeva.

Prev Article

OCHIQ BOZOR

Next Article

OCHIQ SHAHAR