ODAMTOSH

ODAMTOSHChatqol tizmasining suvayirgʻich qismidagi dovon. Chirchiq va Ohangaron vodiylarini tutashtirib turadi. 2696 m balandlikda. Dovonga jan.-gʻarbda Kattasoy, jan.-sharkda Yertoshsoy vodiylari boʻylab chiqiladi. Dovon orqali Chatqol daryosining chap irmogʻi Teraklisoydan (Oqbuloq daryosining yuqori qismi) Irtosh daryosiga (Ohangaron daryosining oʻng irmogʻi) oʻtiladi. Dovondan iyundan okt. gacha chorva mollarini haydab oʻtishda foydalaniladi.

Prev Article

ODAMSIMON MAYMUNLAR

Next Article

ODAMTOSH SERIYASI