ODESSA

ODESSA — Ukrainaning Odessa vilo-yati markazi. Ukrainaning yirik sanoat, madaniyat, ilmiy va kurort markazlaridan biri. Qora dengizning shim.-gʻarbiy sohilidagi port. Shosse va t. y. tuguni. Axoliyey 1037 ming kishi (1997). Shahar 6 tumanga boʻlingan. Odessa oʻrnida 15-a. da turklarning «Xajibey» qalʼasi boʻlgan. Uni ruslar egallab, 1793-y. oʻzlarining jan. dagi tayanch punktiga aylantirgan. 1794-y. dan shahar, 1795-y. dan rasmiy ravishda Odessa nomini oldi. Shaharning markaziy qismida A. E. Rishelye haykali va Potyomkin zinasi joylashgan klassik binolar ansambli bor (1826—41). Klassitsizm uslubida qurilgan Voronsov, Potoskiy, Narishkina saroylari, eski birja, gospital, Odessa atrofi va uning chekkalarida — iklimiy va bal-neobalchiq kurortlar (Arkadiya, Luzanovka va b.) mavjud. Odessada tarixiy voqealar bilan bogʻliq joy koʻp. 1941—44 ylarda Odessani nemis fashistlari egallab turdi. Shahar 1944-y. 10 apr. da ozod kilindi. 1965-y. O. ga qahramonshahar faxriy unvoni berildi.

Odessada mashinasozlik (stanoksozlik, yuk-transport, sovitkich, tibbiy, savdo, poligrafiya va b. asbob-uskunalar, agregatlar, hisoblash mashinalari i. ch. va b.), kimyo, neftni qayta ishlash, kimyofarmatsevtika, oziq-ovqat, yengil (jut, toʻqimachilik va b.) sanoat korxonalari bor. Poʻlat prokat i. ch. birlashmasi faoliyat koʻrsatadi.

Odessa — yirik dengiz porti. Havo liniyalari orqali yirik shaharlar bilan bogʻlangan. Odessada Antarktika kit ovlash flotiliyasi bazasi, 14 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, un-t, konservatoriya), Ukraina FAning Jan. ilmiy markazi, 7 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), arxeologiya, badiiy, A. S. Pushkin nomidagi, adabiy-memorial muzeylari, sirk, filarmoniya, konservatoriya, kinostudiya bor.

Prev Article

ODENSE

Next Article

ODESSA