ODOAKR

ODOAKR (Odoacer) (taxm. 431 — 493.15.3) — Gʻarbiy Rim imperiyasi imperatori armiyasidagi yollanma german otryadlaridan birining rahbari. Germanlarning skirlar kabilasidan. 476-y. 22 yoki 23 avg. da Gʻarbiy Rim imperiyasining soʻnggi imperatori Romul Avgustulni taxtdan agʻdargan, oʻzini Italiya hokimi deb eʼlon qilgan. 493-y. O. davlati ostgotlar tomonidan zabt etilgan, Odoakr esa oʻldirilgan.

Prev Article

ODIMCHILAR

Next Article

ODOB