ODOQ

ODOQ (oyoq soʻzidan) — daryo va soylar etagi, quyilishi yeri, baʼzan oʻrta oqimi sohillaridagi tekis pastlik yerlar. Odoqlarni toshqin vaqtida baʼzan suv bosadi, yer osti suvlari yuza boʻlib, daryo suvining sathiga qarab oʻzgarib turadi. Tuprogʻi koʻpincha, shoʻrtob bot-qoq boʻlib, qamish, koʻgʻa, yulgʻun, shoʻra, ajriq bilan qoplanib yotadi.

Prev Article

ODISSEYa

Next Article

ODRA