OFSET BOSMA MASHINA

OFSET BOSMA MASHINAbosma mashinanknt bir xili; unda bosma qolip (forma)dagi boʻyoq rezina silindrga, undan esa qogʻoz (yoki bosma material)ga oʻtadi. (q. Ofset bosma). Asosan, tekis bosmala qoʻllaniladi. AQSH da 1905-y. yaratilgan. Oddiy Ofset bosma mashina 3 silindr: qolip, ofset (rezina qoplamali) va bosma silindrlardan iborat. Ofset bosma mashinaning 1,2 va koʻp boʻyoqli; listli va rolikli xillari bor. 2 boʻyokli Ofset bosma mashinada (rasmga q.) ikkita qolip F, va F2,2 ofset silindri O, va O2, 2 ta boʻyoq apparati K, va K2, 2 ta hoʻllovchi apparat U! va U2 hamda bosish silindri P bor. Qogʻoz oʻzi tax-lovchi moslama S dan uzatiladi. Tay-yor nusxalar transportyor T bilan qabul qiluvchi stapel PS ga uzatiladi. Ofset bosma mashina afzalligi: koʻp boʻyoqli na-shrlarni tez bosish mumkin, har xil silliqlikdagi qogʻozlarga ham bo-silaveradi, bosma qoliplari kam yeyiladi.

Prev Article

OFOQXOʻJA MAQBARASI

Next Article

OFTALMOLOGIYA