Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

OFTALMOSKOPIYA

OFTALMOSKOPIYA (oftalmo… va yun. skopeo — koʻraman, tekshiraman) — koʻzning ichki pardalarini (tubini) tekshirish metodi. Oʻrtasi teshik maxsus koʻzgu — oftalmoskop (yorugʻlik nurini koʻz ichiga yoʻnaltiradi), yorugʻlik manbai va lupa (kattalashtirib beruvchi shisha)dan foydalanib qorongʻi xonada Oftalmoskopiya qilinadi. Oftalmoskoplarning takomillashtirilgan va murakkabroq modellari ham bor.

Prev Article

OFTALMOLOGIYA

Next Article

OFTOB URISHI