OFTOBACHI — Oʻrta Osiyo xonliklarida saroy mansabi. Mas, Buxoro xonligi (18-a.)da Mirza Bade devonning «Majma ul-arqom» asarida koʻrsatilishicha, Oftobachi maxram — amir qoʻl yuvayotgan paytda oftoba (obdasta) tutib turuvchi lavozimli shaxe; saroyga kelgan mehmonlarga ham Oftobachi xizmat qilgan.