OGʻIR SUV

OGʻIR SUV, D2O — vodorodning izotopi deyteriy (O)ning kislorod bilan birikmasi. Tabiiy suv va atmosfera yogʻinlarida mavjud. Mol. m. 20. Muzlash t-rasi +0,82°, qaynash t-rasi 101,42°, zichligi 1,359 g/sm3. O. s. ni 1932-y. da G. Yuri va E. Osborn kashf etgan. Tarkibida N2O molekulalari bilan birga oz mikdorda D2O molekulalari ham boʻlgan oddiy suv elektroliz qilinganda, asosan, N2O molekulalari parchalanadi; O. s. ning nisbiy miqdori ortib boradi. D2O molekulalariga boy qoldiq suvni uzok, vaqt elektroliz qilish va fraksion haydash yoʻli bilan deyarli toza Ogʻir suv olish mumkin. Amerikalik olimlar G. Lyuis, R. Makronald va F. Speddinglar 1933-y. da ana shu yoʻl bilan deyarli 100% D2O molekulalaridan tashkil topgan sof Ogʻir suv ajratib olganlar. 165 t suvni elektroliz qilib, 1 kg ga yaqin D2O olish mumkin: 1 t suvni elektrolizlash uchun 5—6 ming kVt – soat elektr energiyasi sarflanadi. Ogʻir suv koʻpgina xos-salari jihatdan oddiy suvdan farq qiladi: zichligi, mol. m., qaynash va qotish t-rasi oddiy suvnikidan yuqori. Ogʻir suv yadro reaktorlarida neytronlar tezligini susaytirishda qoʻllanadi.

Next Article

OGʻIRLIK