OGʻIZ OQARISHI — ogʻiz boʻshligʻi shilliq pardasi kasalligi. Ogʻiz, qin, ichak shilliq pardasida yashaydigan achitqi zamburugʻlari Ogʻiz oqarishiga sabab boʻladi. Emadigan bolalarda koʻproq uchraydi. Oʻsmirlar va katta kishilar uzok, kasallanib ozib ketganda, ularda ham kuzatiladi. Ogʻiz shilliq pardasida sutday oq pardachalar paydo boʻladi; bular birbiriga tutashgach, ogʻiz oqarib qoladi. Parda koʻchirilsa, oʻrni qizaradi yoki qonaydi. Ogʻiz oqarishiga gumon tugʻilganda darhol vrachga murojaat qilish zarur, chunki u tarqalib, hal-qum, qiziloʻngach va nafas yoʻllariga oʻtishi mumkin.
Bemor vrach nazorati ostida davolanadi. Vitaminoterapiya va vitaminli (vitamin S) ovqatlar yaxshi naf beradi.