OGʻZAKI ANʼANADAGI MUSIQA

OGʻZAKI ANʼANADAGI MUSIQA, anʼanaviy musiqa — musiqa ijodiyotining asosiy turlaridan. Qa-dimdan odamlarning hayotiy ehtiyojlarini qondirish jarayoni (mehnat, ma-rosim va b.)da yuzaga kelib, tarixiy rivoji natijasida ikkita asosiy — xalq musiqa ijodi (musiqiy folklor) va ogʻzaki anʼanadagi professional musiqa (mumtoz musiqa, bastakorlik) qatlamlariga ajratilgan. Ogʻzaki anʼanadagi musiqa ijodkorlari ommaviy badiiy ongning xususiyatlariga izchil tayanib, muayyan davr, us-lub va b. ning estetik qonunlari, ijo-diy qoidalariga qatʼiyan boʻysunadi. Shu nuqtayi nazardan Ogʻzaki anʼanadagi musiqa, aksar hollarda individual obrazlar yaratishga qaratilgan kompozitorpmk ijodidan farq qiladi. Oʻz tabiatiga koʻra, Ogʻzaki anʼanadagi musiqa nota yozuvida «mustaxkamlangan» mualliflik asarlardan emas, balki ogʻzaki shaklda, avloddan avlodga meros boʻlib oʻtgan namunalardan iborat boʻladi. Maz-kur namunalarning badiiy ifodasi turli jarayonlar, oʻziga xos yoʻllar or-qali gavdalanadi. Ustozlardan bevosita eshitib oʻrgangan namunalarga shogird sozandaxonandalar oʻz qissalarini qoʻshadilar, yoinki boshqacha variant (yoʻl) lar yaratib, ijro etadilar. Oʻzbek musiqa merosini xalq musiqa ijodi (mehnat va marosim qoʻshiklari, yalla, lapar, termalar, oʻyin-raqs va lirik kuylar kabi) hamda ogʻzaki anʼanadagi professional musiqa (maqom, ashula, cholgʻu yoʻllari va b.) janrlari tashkil etadi.

Olimjon Bekov.

Prev Article

OGʻALIQ

Next Article

OGʻZAKI DRAMA