OHANGARON DARYOSI

OHANGARON DARYOSIToshkent viloyatidagi daryo. Chatqol va Qurama togʻ tizmalaridan oqib tushadigan soylardan hosil boʻladi. Uz. 236 km (Oqtosh-soyning boshlanish yeridan), havzasining mayd. 7710 km2. Chovlisoy quyilgan yerdan Turk qishlogʻiga qadar daryo Ohangaron platosini kesib oʻtgan tor daradan oqadi. Daraning chuq. 250 m (da-ryoning bosh qismida). Yakkaarchasoy quy-ilgan joyida 800 m. Daryo vodiysi juda tor. Turk qishlogʻiga qadar daryoning nishabi katta. Shu joydan vodiy kes-kin kengayadi, Obliq qishlogʻi yaqinida uning kengligi 700 m, Ohangaron sh. yaqinida 4—5 km. Vodiy yon bagʻirlari yotiq, soylik va jarliklar uchraydi. Obliq qishlogʻidan quyida allyuvial koʻhna qayir (terrassa)lar mavjud. Ohan-garon sh. dan oʻtgach, daryo kengligi 8 km li vodiyda oqa boshlaydi. Ohangaron daryosi qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Apr. —iyunda suvi koʻpayadi, eng koʻp suv sarfi may oyida, suvining 51% shu oylarda oqadi. Oʻrta-cha suvi sarfi Turk qishlogʻi yonida 22,8 m3/sek, oʻrtacha yillik suv sarfi 400 m3/sek. Ohangaron daryosining irmogʻi juda koʻp, yiriklari: Arashon, Yertoshsoy, Toshsoy, Dukantsoy, Qorabayirsoy, Oqchasoy, Niyozboshi, Objazsoy, Gushsoy. 1962-y. da Ohangaron daryosining quyi oqimida «Toshkent dengizi» deb nom olgan Toshkent suv ombori, 1989-y. da Ohangaron suv ombori qurilgan. Daryodan Tanachi-buqa va Yordon kanallari chiqarilgan.

Prev Article

OHANGARON

Next Article

OHANGARON TUMANI