OJEGOV Sergey Ivanovich

OJEGOV Sergey Ivanovich [1900.10(23).9, Tver guberniyey — 1964.15.12, Moskva] — rus tilshunoslugʻatshunosi. Leningrad un-tini tugatgan (1926). Filol. fanlari dri, prof. (1961). SSSR FA Rus tili in-ti nutq madaniyati sektori mudiri (1952—64). Asosiy ishlari leksikologiya, leksikografiya, sotsiolingvistika, nutq madaniyati va amaliyoti, rus tili tarixi, ayrim yozuvchilar tili va b. ga bagʻishlangan. D. N. Ushakov tahriri ostidagi 4 jildli «Rus tilining izoxdi lugʻati» (1935—40) tuzuvchilaridan biri. Ojegovning 1 jildli «Rus tili lugʻati» (1949, 20-nashri 1988; N. Yu. Shvedova xammuallifligidagi 4-nashri 2000) rus tilining zamonaviy leksikasini qamrab olgan va koʻplab ruscha-milliy lugʻatlar, jumladan, 1983—84 y. larda nashr etilgan 2 jildli «Ruscha-oʻzbekcha lugʻat» tuzishga asos boʻlgan. Ojegov «Rus tilining imlo lugʻati» (1956, 5-nashri 1963), «Rus adabiy talaffuzi va urgʻu» (1955), «Ruscha nutq toʻgʻriligi asoslari» (1962) kabi lugʻat-maʼlumotnomalar muallifi; «Nutq madaniyati masalalari» nodavriy toʻplamining (1—6-jildlar, 1955—66) asoschisi va bosh muharriri.

Prev Article

OYOQOGʻITMA KOʻLI

Next Article

OJIBVE