OKTAEDR (yun. okto — sakkiz va hedra — yoq) — 1) matematikada — sakkizta uchburchak bilan chegaralangan jism, sak-kizyoklik. Oktaedrning 6 ta uchi, 12 ta qirrasi va 8 ta yogʻi boʻladi. Oktaedr yoklari muntazam uchburchaklardan iborat boʻlib, har bir uchidan 4 tadan qirra chiqadi. Agar Oktaedr qirrasi a ga teng boʻlsa, hajmi V = formula bilan xisoblanadi (q. Koʻpyoklik); 2) kristallografiyada — elektroliz va kimyoviy reaksiyalar natijasida eritma, gaz va qattiq jismlardan hosil boʻladigan kristallar shakllaridan biri (bunda Oktaedrdan tashkari diedr, romboedr, tetraedr va b.) shakllar ham hosil boʻladi (q. Kpuctallanish).