OLCHA

OLCHA, olivoli (Cerasus) — raʼnodoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi daraxtlar turkumi; mevali daraxt, 150 ga yaqin turi bor. Asosan, Osiyoda, shu jumladan, Oʻrta Osiyo va Kavkazda 25 ga yaqin turi usadi. Madaniy turlaridan oddiy Olcha (C.vulgaris) koʻp tarqalgan. Juda qadimdan Markaziy va Jan. Yevropada, Shim. Afrika, Sharq-iy Osiyo, Shim. Amerikada ekiladi. Oʻzbekistonda Olchaning maxaleb Olchasi yoki kamxastak (C.mahaleb), qizilmevali Olcha yoki chiya (toshchiya) (S. erythrocarpa Neski.) yovvoyi turlari adir va togʻ yon bagʻirlarida uchraydi. Oddiy Olcha darax-tining boʻyi 6—7 m, sovuqqa, qurgʻoqchilikka chidamli, unumdor tuproklarda yaxshi oʻsadi va moʻl hosil beradi, 30 — 40 yil (baʼzan 100-y. gacha) yashaydi. Mevasi mayda, dumaloq, danakli, suvli, nordon, och qizildan toʻq qizilgacha. Olcha meva bandining uzunligi bilan boshka danakli mevalardan farq qiladi. Tarkibida 7,3—14,5% qand, 0,8—2,4% organik kislotalar, 0,15—0,88% oshlovchi moddalar, S, V2, V9 vitaminlar va b. mavjud. Yangiligida yeyiladi, konservalar, murabbo, jem, vino, qandolat mahsulotlari tayyorlanadi. Hosildorligi 100 s/ga. Mevasi may — iyunda pishib yetiladi. Olcha danagidan, iddiz bachkisidan hamda payvandlab koʻpaytiriladi. Ekilgandan soʻng 3—4-yili hosilga kiradi, 6—7-yili yaxshi hosil beradi. Olchaga qisqa tanali qilib, siyrak pogʻonali shakl beriladi.

Oʻzbekistonda Olchaning Griot, Lyubskaya 15, Podbelskaya, Samarkand, Turgenevka, Kora shpanka navlari ekiladi (2003).

Zararkunandalari: olcha arra-kashi, olcha uzunburuni, bitlar, olcha pashshasi va b.

Kasalliklari: meva chirishi, klyasterosporioz, kokkomikoz, sitosporoz va b.

Ad.: Leyn A. N., Olcha va gilos, T., 1962; Ribakov A. A., Ostrouxova S. A., Oʻzbekiston mevachiligi, T., 1967.

Prev Article

OLTOYLAR

Next Article

OLCHIN