OLCHIN, alchin — bir qancha turki y xalklar tarkibiga kirgan yirik kabila ittifoqi. Olchinlar qad. turkiy xalqlardan boʻlib, milodning boshlarida Oltoyda va Irtish daryosi yaqinidagi choʻllarda yashaganlar. Keyinchalik (6-a. dan) Turk xoqonligi, Kimaklar davlati, qipchoqlar ittifoqi va b. tarkibida boʻlgan. Moʻgʻullar davlati parchalanishi bilan Olchinlar Noʻgʻay Oʻrda va 16-a. oʻrtalarida esa qozoq xalqi tarkibiga kirgan. Olchin larning ayrim guruhlari boshqird, Qozon tatarlari, Qrim va Shim. Kavkaz noʻgʻaylari va qoraqal-poqlar, kichik bir qismi oʻzbeklar tarkibida xam bor. 1926-y. maʼlumotlariga koʻra, Buxoro vohasida (2525 kishi), Karmana atrofida (750 kishi) va Qashqadaryoning quyi oqimida (Olchin qishlogʻida, 300 kishi) yashaganlar. Olchinlar alimuli, bayuli, jetiuru qabilalariga, bularning har biri, oʻz navbatida, yana bir qancha urugʻlarga boʻlingan.