OLGERD

OLGERD (Algirdas, Algirdas) — Litva buyuk knyazi (1345—77). Gedimin ugli. Litva buyuk knyazligi hududini kengay-tirish uchun kurashgan. Tevton ordeni (1348, 1370), Oltin Oʻrda (1363) ustidan gʻalaba qozongan, gʻarbiy rus yerlarining bir qismini qoʻshib olgan. Tver knyazligini qoʻllab-quvvatlagan va 3-marta (1368, 1370, 1372) Moskvaga muvaffaqiyatsiz yurish qilgan.