OLIGOKLAZ

OLIGOKLAZ (oligo… va yun. klasis — sinish, yorilish) — natriy-kalsiyli dala shpatlari (plagioklazlar) gu-ruhiga mansub minerallarning nordon xili. Tarkibi 10—30% anortit va 70 — 90% albitning izomorf aralashma-sidan iborat. Triklin singoniyali. Tarkibida 5—25% anortit boʻlgan turi peristerit (yun. peristera — kaptar; moviy rangiga koʻra) deb ataladi. Oligoklaz — magmatik va metamorfik mineral turlariga kiradi.

Prev Article

OLIGARXIYA

Next Article

OLIGOPOLIYA