OLLANAZAROV

OLLANAZAROV Turesh (1916.11.9, Qoʻngʻirot) — rej., teatrshunos, dramaturg, tarjimon. Oʻzbekiston xalq artisti (1963). Moskvadagi teatr sanʼati in-ti qoraqalpoq studiyasini (1939), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini (1951) tugatgan. Qo – 1 raqalpoq teatrida rej. (1939—47), bosh rej. (1951 — 59), Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston boʻlimining tarix, til va adabiyot in-tida boʻlim mudiri (1959—66; 1968—74), katta ilmiy xodim (1983-y. dan), Qoraqalpoq madaniyat vaziri (1966—68), Toshkent madaniyat in-tida kafedra mudiri (1974— 83). Oʻz ijodi bilan qoraqalpoq milliy teatri, rejissurasi va aktyorlik sanʼatini professional darajaga koʻtargan. «Maysaraning ishi», «Boy ila xizmatchi» (Hamza), «Alpomish» (N. Dovqorayev, J. Obidov bilan hamkorlikda), «Tengini topgan qiz» (A. Oʻtepov), «Ogʻriq tishlar» (A. Qahhor), «Vassa Jeleznova» (M. Gorkiy), «Oʻgʻirlangan baxt» (I. Franko), «Tartyuf» (J. Molyer) kabi spektakllari oʻtkir ifodaviyligi bilan ajralib turadi. «Oshiq Gʻarib» (A. Begimov bilan hamkorlikda), «Ravshan» (J.

Oymirzayev bilan hamkorlikda), «Aypbergen Musayev», «Oydoʻs bobo» kabi dramatik asarlar, «Qoraqalpoq teatri» (1966), «Sanʼatimiz qaldirgʻochlari» (1969), «Qoraqalpoq Sovet dramaturgiyasi tarixi masalalariga doyr» (1987) va b. ilmiy asarlar muallifi.

Prev Article

OLIF