OLMALIQ AMMOFOS AKSIYADORLIK JAMIYATI

OLMALIQ AM«MOFOS» AKSIYADORLIK JAMIYATI — Oʻzbekistondagi yirik kimyo korxonalaridan biri. «Oʻzkimyosanoat» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Azotli va fos-forli oʻgʻit — ammofos, shuningdek, monoammoniyfosfat, salifos, ammoniy sulfat, yogʻoch-tolali taxtalar, polietilen plyonkalar ishlab chiqaradi. 1969-y. dek. da Olmaliq kimyo z-dining ilk navbati ishga tushirilgan va sobiq Ittifoqda 1-marta ekstraksi-on fosfat kislota hosil qilish uchun xom ashyo sifatida Qoratov (Jan. Qo-zogʻiston) fosforiti qoʻllanilgan. Korxona 2-navbati 1973-y. da ishga tushirilgan. 1998-y. dan Qizilqum fosforit k-tida ishlab chiqariladigan fosforit unini qayta ishlaydi.

Korxona yiliga 338,1 ming t fosforli oʻgʻitlar, 500 ming t sulfat kislotasi i. ch. kuvvatiga ega. 1992-y. ning fev. oyidan korxona «Ammofos» i. ch. birlashmasi deb nomlandi. 2001-y. dek-. dan, hoz. nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati.

Korxonada 2 ta ammofos sexi, 3 ta ekstraksiyalangan fosfor kislotasi sexi, oltingugurt kislotasi, xalq isteʼmol mollari i. ch. boʻlimlari, qator yordamchi sexlar va «Turon MS1» Oʻzbekiston — AQSH qoʻshma korxonasi bor.

Korxona maxsulotlariga ichki bozorda talab katta va respublikaning turli mintaqalaridagi barcha turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ishlatiladi. Bundan tash-qari, MDH mamlakatlariga, Xitoy va Eronga eksport qilinadi.