«OLMALIQ KONMETALLURGIYA KOMBINATI» AKSIYADORLIK JAMIYATI — Oʻzbekistonda rangli metallurgiya sanoatining yirik korxonasi. K-t 2 majmuadan — qoʻrgʻoshin-rux (Qoʻrgʻoshinkon, Oltintopgan, Sardoba va Chalata konlari, qoʻrgʻoshin-rux boyitish f-kasi va rux z-di) hamda mis eritish majmuasidan (Qalmoqqir koni, mis boyitish f-kasi, mis z-di)dan iborat.
Korxona tomonidan Qurama togʻlaridagi polimetalli rudalarning boy za-xirasini keng koʻlamda oʻzlashtirish maqsadida kon-qurilish ishlari 1949-y. dan boshlangan edi. 1950-y. da qoʻrgʻoshin koni, 1954-y. da qoʻrgʻoshinrux boyitish f-kasi, 1955-y. da Oltintopgan koni qurib bitkazildi. 1961-y. da mis-molibden ruda boyitish f-kasi, 1964-y. da miss eritish z-di, 1970-y. da rux z-di, 1971-y. da Chalata koni, 1974-y. da Sari-Cheka karyeri ishga tushirildi. I. ch. obyektlarini rivojlantirish 80-y. larda ham faol davom ettirildi. 1999-y. dan k-t ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
K-tda qazib chiqariladyotgan rudalar tarkibidan 13 ta kimyoviy elementlarni ajratib olib mis va mis buyumlar, rux, kadmiy, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, sulfat kislotasi, mis va molibden konsentratlari, selen, tellur, mis va rux kuporosi kabi mahsu-lotlar ishlab chiqariladi. Korxona boʻlinmalarini «Svedala» (Shvetsiya), «Varmon» (Germaniya), «Integra Gro-ur» (Amerika), «Mexanabr-Injiniring» (Rossiya) va b. ilgʻor firmalarning zamonaviy asbobuskunalari bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda. K-t mahsulotlari chet mamlakatlarga eksport qilinadi.