OLMAOTA VILOYATI

OLMAOTA VILOYATI — Qozogʻistonning jan.-shar-qidagi viloyat. 1932-y. 10-martda tashkil qilingan. Mayd. 104,7 ming km2. Aholisi 1614,8 ming kishi (1999). Asosan, qozoqlar. shuningdek, rus, ukrain, uygʻur, koreys va b. ham yashaydi. 11 maʼmuriy tuman, 4 shahar va 6 shaharcha bor. Markazi — Olmaota sh. Viloyat jan. da Shim. Tyanshan togʻlari, shim.-gʻarbda Balxash koʻli va shim.-sharkda Ili daryosi oraligʻida joylashgan. Sharqda Xitoy bilan chegaradosh. Olmaota viloyati hududining shim. qismi Jan. Yettisuv tekisligi yoki Balxash boʻyi tekisligi (bal. 300—500 m)dan iborat. Jan. qis-mini Ketmon, Orqa Ili Olatovi va Kungay Olatovning shim. etaklari (bal. 5000 m) egallagan. Olmaota viloyati shim. qismining iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq (yanv. ning oʻrtacha t-rasi —9 dan —10° gacha), yozi issiq (iyulning oʻrta-cha t-rasi 24°). Yillik yogʻin 100 mm dan (choʻdda) 1000 mm gacha (togʻlarda). Vegetatsiya davri 205—225 kun. Viloyatning shim. va shim.-gʻarbida oqar suvlar de-yarli yoʻq. Birgina Ili daryosi oqadi. Jan. togʻ oldi qismlarida oqar suvlar koʻproq. Koʻpchilik daryolar togʻlardan boshlanib Ili daryosigacha yetib bor-may, qumlarda tugaydi yoki sugʻorrplga sarf boʻladi. Togʻlarda chuchuk suvli kichik koʻl va mineral buloqlar koʻp. Olmaota viloyatining shim.-gʻarbiy qismida gilli qoʻngʻir tuproq, boʻz tuproq va shoʻrxoklar, Ili daryosi vo-diysida qamish, saksovul oʻsadi, toʻqaylar uchraydi. Togʻlarda 600 m dan yuqorida shuvoqchalov betaga dashtlari; 800—1700 m balandlikda oʻtloq, 1500—1700 m da subalp oʻtloqlari mintaqasi boʻlib, igna bargli daraxtlar ham aralash oʻsadi. 2800 m dan yuqori qismi alp oʻtloqlari va butazorlardan iborat. Choʻllarda qum sichqoni, to-vushqon, jayran, yeliq, boʻri, tulki, boʻrsiq, Ili daryosi deltasida qobon, ondatra bor. Ilon, toshbaqa, kaltake-sak, falanga, qorakurt, togʻlarda bars, silovsin uchraydi. Balxash kuli va Ili daryosida baliq koʻp. Orqa Ili Olatovi yon bagʻrida Olmaota qoʻriqxonasi tashkil etilgan.

Viloyat iqtisodiyotida rivojlangan q. x. va yaylov chorvachiligi bilan birga har xil sanoat tarmoklari bor. Metallsozlik va murakkab mashinasozlik, yengil (toʻqimachilik, trikotaj, tikuvchilik, koʻn-poyabzal va b.), yogʻochsozlik va qurilish materiallari i. ch. sanoati tarmoklari rivojlangan. Viloyat energe-tikasi daryo gidroenergiya resurslariga (Qopchigʻay GES, Olmaota GESlar kaskadi) va Qaragʻanda havzasi koʻmiriga asoslanadi. Sanoat korxonalarining asosiy qismi Olmaotada joylashgan. Talgʻar sh. da kigiz bosish va tikuvchilik f-kalari, spirt z-di, Burunday shaharchasida shakar-qand va gʻisht z-dlari, Qopchigʻay sh. da temir-beton konstruksiyalar z-di bor.

Olmaota viloyatida qisman sugʻorib va qisman su-gʻormasdan dehkrnchilik qilinadi. Sugʻoriladigan yerning 80% ga yaqiniga ekin ekiladi. Bugʻdoy, arpa, suli, tariq, makkajoʻxori, sholi, har xil dukkaklilar va yem-xashak ekinlari (asosan, beda), sabzavot, texnika ekinlari ekiladi. Qand lavlagi, tamaki, meva, uzum yetishtiriladi. Qoramol, koʻy va echki, ot, parranda boqiladi. Togʻ etaklarida, Olmaota atrofida q. x. shahar aholisini mahsulotlar bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Viloyat shim. da yaylov chorvachiligi (goʻsht-moy va goʻsht-jun, qoʻychilik, tuyachilik), togʻlarning jan. qismida yilqichilik, goʻsht va goʻsht-jun (arxarmerinos qoʻylari boqish) chorvachiligi rivojlangan. Balxash koʻli va Ili daryosida baliq ovla-nadi. Muhim avtomobil yoʻllari: Olmaota — Kaskelen — Bishkek, Olmaota — Talgʻar — Chilik — Norinkoʻl, Olmaota — Ili — Toldikoʻrgʻon. Balxash koʻli va Ili daryosida kema kat-naydi. 16 oliy oʻquv yurti, teatrlar, muzeylar bor. Olmaota yonida turistik bazalar, togʻ kurortlari, «Medeo» sport majmui joylashgan.