OLMAOTA

OLMAOTA (qozoqcha — Almatы; 1921-y. gacha Verniy) — Qozogʻistondagi shahar. Olmaota viloyati markazi. 1929 — 1998-y. larda mamlakat poytaxti. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni, 2 aeroport bor. Orqa Ili Olatovi tizmasining shim. yon bagʻri etaklarida, 650 — 950 m balandlikda. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —8°, iyulniki 22,9°. Aholisi 1129,4 ming kishi (1999). 6 tumandan iborat. Shahar dastavval 1854-y. da Zailiyskoye harbiy istehkomi sifatida qozoqlar joylashgan Olmaota qalʼasi yonida qurildi. Keyinchalik bu istehkom Verniy deb ataldi. 1867-y. da Turkiston general-gubernatorligi tarkibida yangi tashkil etilgan Yettisuv viloyatining markaziga aylandi. U davrda sanoat korxonalari boʻlmagan, aholining koʻpchiligi dehqonchilik bilan shugʻullangan.

Shaharda mashinasozlik va metallsozlik sanoati («Porshen», stanoksozlik, mexanika-tajriba, past voltli apparatura i. ch.) korxonalari yetakchilik qiladi. Olmaotada Qozogʻiston yengil sanoat korxonalari mahsulotining 28% ishlab chiqariladi. Toʻqimachilik va moʻyna, ip-gazlama k-tlari, ip-yigiruv, trikotaj, poyabzal, tikuvchilik f-kalari faoliyat koʻrsatadi. Oziq-ovqat sanoati (goʻsht-konserva, un-yorma, makaron f-kasi, sut, shampan vinosi, meva-konserva, qandolatpazlik, choy qadoqlash, likyor-araq, vino, pivo, achitqi z-dlari) korxonalari mahalliy xom ashyo asosida ishlaydi. Elektrotexnika z-di ham faoliyat koʻrsatadi. Qurilish materiallari, yogʻochsozlik, temir-beton konstruksiyalari va qurilish detallari z-dlari bor. Olmaotaning yoqilgʻi-energetika bazasi Qaragʻanda havzasining koʻmiri, kumir va mazut bilan ishlaydigan issiqlik elektr st-yalari, Katta Olmasoy daryosidagi GES kaskadlari, Ili daryosidagi Qopchigʻay GESdir. Olmaotada tijorat banklari, qoʻshma va kichik korxonalar faoliyat koʻrsatmokda. Qozogʻiston FA, 16 oliy oʻquv yurti, 13 muzey, respublika kutubxonasi. teatrlar, telemarkaz, shahap mashaqqatga sazovor binolar: Abak nomplagi qozoq opera va balet teatri (1941), Hukumat uyi (1957), Respublika saroyi (1970), «Qozogʻiston» mehmonxonasi (1977). Olmaotaning turar joy mavzelari bir necha marta zilziladan qattiq shikastlangan. Oxirgi zilzilalar 1911 va 1921-y. larda sodir boʻldi. Shuningdek, sel ham vaqt-vaqti bilan ancha ziyon yetkazib turadi. Shu bois selga qarshi inshootlar qurilgan. Olmaota — yirik turistik va sport markazi. Shahardan jan. da Orqa Ili Olatovi turistik zonasi hamda kurortlar bor. Olmaota yaqinida «Medeo» qishki sport majmui ishlab turibdi.