OLMAXON (Gliridae) — kemiruvchilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oila-sining bir turi. Gavdasining uz. 40 sm gacha (dumi b-n). Jan. Osiyo, Afrika va Yevropada tarqalgan. Asosan, oʻrmonlarda yashaydi. Koʻzi va eshitish organi yaxshi rivojlangan. Tunda faol. Daraxt kovaklarida yoki oʻt-oʻlanlardan toʻkdlgan inlarda yashaydi. Meva, urugʻ, hasharot va b. bilan oziklanadi. Sichqonsimon Olmaxon, bogʻ O. i, oʻrmon O. i,,yongʻoqzor Olmaxoni va polchoq Olmaxon uchraydi. Ayrim Olmaxonlar terisidan kiyim tikiladi. Oʻrmon Olmaxon ining moʻynasi sargʻish-kulrang. Qishda uyquga kiradi. Yilda 1-marta may oyida 3—6 ta bola tugadi. Olmaxon larning ayrimlari bogʻdorchilik va togʻlardagi mevachilikka zarar keltiradi.