OLMAXONSIMONLAR (Sciu-ridae) — kemiruvchilar oilasi. Gavdasining uz. 6—60 sm. 25 ga yaqin urugʻi, jumladan, olmaxonlar, burunduqlar, sugʻurlar, ingichka barmokli yumronqoziqlar va b. mavjud. 230 ga yaqin turi maʼ-lum. Yevrosiyo, Afrika, Shim. Amerika va Jan. Amerikaning shim. qismida moʻtadil, subtropik va tropik mintaqalardagi oʻrmonlar, ochiq tekisliklar, tundra va baland togʻlarda (3800 m balandlikkacha) tarqalgan. Daraxtlarda (olmaxonlar, burunduklar), yerda (sugʻurlar, yumronqoziqlar) qayot kechiradi. Koʻpchilik turlari qishda uyquga ketadi. Asosan, oʻsimliklar bilan oziqlanadi, ayrim turlari qishga oziq gʻamlaydi. Yilda 1—3-marta bolalaydi. 6 turi Xalqaro Qizil kitobga, koʻk sugʻur Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.