OLOVBARDOSHLIK

OLOVBARDOSHLIK — metallarning 1000° dan ham yuqori t-rada havo yoki boshqa gazsimon muhit taʼsirida kimyoviy yemirilishga chidamlilik xususiyati. Oksidlaydigan atmosferada metall (krtishma) ning Olovbardoshlik xossasi metall sirtida oksid — kuyindi katlami (metall ichida gaz diffuziyasini qiyinlashtiradigan qatlam) hosil boʻlishiga bogʻliq. Olovbardoshlik metallning kislorod yutishi hisobiga metallning massasi ortishi yoki uning sirtidan kuyindi yoʻqolishi natijasida massasi kamayishi bilan ifodalanadi. Olovbardoshlik materialni yuqori t-rali sharoitda ishlatish mumkinligini belgilaydigan muhim omil qisoblanadi.