OLSTER

OLSTERIrlandiya o. ning shim. dagi tarixiy viloyat. Ilk urta asrlarda mustaqil qirollik. 12-a. oxirida Olster rasman ingliz taxtiga tobe etilgan. 16-a. dan Irlandiyaning viloyatlaridan biri. 16— 18-a. larda inglizlarga kar-shi qoʻzgʻolon markazi. Angliya — Irlandiya bitimi (1921) ga kura, Olsterning katta qismi (Shim. Irlandiya; matbuotda uni koʻpincha Olster deb atashadi) Buyuk Britaniya qoʻl ostida krlgan, qolgan qismi Irlandiya davlati tarkibiga kirgan (1949-y. dan Irlandiya Respublikasi, Olster viloyati).

Prev Article

OLMEK MADANIYATI

Next Article

OM