OLTIN BESHIK

OLTIN BESHIKQoʻqon xonligini idora etgan ming sulolasining kelib chiqishi haqidagi rivoyat. Unga koʻra, 1512-y. Bobur Samarkanddan Fargʻona orqali Hindistonga qochadi, yoʻlda Boburning xotinlaridan biri ugʻil tugʻadi. Qochoklar goʻdakni qarov-siz tashlab ketishga majbur boʻlishgan. Uni qimmatbaho ziynat buyumlari qoʻyilgan beshikka yotqizib, sodiq xizmatkorlardan biriga qoldiradilar. U Boburga goʻdakning taqdiri haqida xabar berishi kerak bulgan. Bu vaqtda mazkur joyda oʻzbeklarning qirq, qip-choq, qirgʻiz va ming urugʻlarining ovullari bor edi. Ushbu urugʻ vakillari bolani topib olib, unga «Oltin Beshik» deb nom qoʻyganlar. Bola ming urugʻi ovuliga joylashtirilgan. Oltin Beshik voyaga yetganda xalq unga har bir urugʻdan (qirq, qipchoq, qirgʻiz va ming) bittadan qizga uylanishga imkon beradi. Ming urugʻidan boʻlgan katta xotin unga yol-gʻiz oʻgʻil tugʻib beradi. Unga Tangriyor deb nom qoʻyadilar, boshqacha qilib Xudoyor yoki Eloq Sulton deb atay boshlaydilar. Bobur asarlarida Oltin Beshik haqida hech narsa demagan, uning zamondoshlari ham uni tilga olmaydilar. Shuning uchun bu rivoyatni Qoʻqon xonlari oʻz sha-jaralarini Bobur bilan bogʻlash va oʻz hokimiyatlarini barqaror etish maqsadida toʻqishgan deb hisoblash mumkin.

Rivoyatlarga koʻra, Oltin Beshik 1545-y. vafot etgan. Uning oʻgʻli Tangriyor keyinchalik Fargʻonaning hukmdori boʻladi, lekin xon emas, balki biy deb ataladi. Bu nom uning avlodlaridan to Olimxongacha berilgan.

Ad. h Bobobekov H. N., Qoʻqon tarixi, T., 1976.

Prev Article

OLTIN BALIQ

Next Article

OLTIN BOZORI