OLTIN YUGURTIRISH

OLTIN YUGURTIRISH — buyumlar sirtiga yupqa qatlamda (0,01 mkm dan bir necha mkm gacha) oltin qoplash. Buyumlarning korroziyaga chidamliligini, elektr oʻtkazuvchanligini, yaltiroqligini oshirish, shuningdek, dekorativ-himoya maqsadlarida qilinadi. Oltin yugurtirishda galvanik, katodli purkash, yupqa zar qatlamini yopishtirish, kontakt-mexanik usullar (buyum sirtiga oltin kukunini sepib ishlov berish, olovda oltin amalgamasini qoplash va b.) qoʻllanadi.

Prev Article

OLTIN SUVI

Next Article

OLTIN OʻRDA