OLTINKOʻL — Andijon viloyati Ol-tinkoʻl tumanidagi qishloq. Tuman markazi. Viloyat markazi (Andijon sh.) dan 16 km jan.-gʻarbda joylashgan. Yaqin t. y. stansiyasi — Andijon (23 km). Aholi-si 6,5 ming kishi (2001), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, tojik, tatar, uygʻur va b. millat vakillari ham yashaydi. Oltinkoʻlda tuman hokimiyati binosi, umumiy taʼlim, tayanch maktablari, maktab-internat, musiqa va sanʼat maktabi, kasb-hunar kollejlari, markaziy kutubxona, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, kasalxona, poliklinika, dorixona, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.