OLTINSOY TUMANI

OLTINSOY TUMANISurxondaryo viloyatidagi tuman. 1981-y. 23 noyab. da Shoʻrchi va Denov tumani qismlaridan tuzilgan. Viloyatning Denov, Boysun, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,56 ming km2. Aholisi 116,9 ming kishi (2003). Tumanda 9 qish-loq fuqarolar yigʻini (Vaxshivor, Dugʻoba, Mirshodi, Oltinsoy, Oqarbuloq, Oqoltin, Xoʻjasoat, Chep, Qarluq) bor. Tuman markazi — Qarluq qishlogʻi.

Tabiati. Oltinsoy tumani Surxondaryoning shim. qismidagi serunum tekislikda joylashgan. Yer yuzasi sharqqa tomon pa-sayib boradi. Gʻarbiy chekkalari Kera-gotogʻ etagiga tutashib ketadi. Tuman markazidan Oltinsoy daryosi, shim. dan jan. ga tomon Hazarbogʻ kanali oqib oʻtadi. Relyefi, asosan, tekislik va adirlardan iborat. Bal. 400—700 m.

Iqlimi quruq, tipik subtropik iklim. Yillik oʻrtacha t-ra 15,9°. Yanv. t ning oʻrtacha t-rasi 2,6°. Eng past t-ra —25°. Iyulning oʻrtacha t-rasi 32—33°. eng yuqori t-ra 46°. Yillik yogʻin 240 — 260 mm. Vegetatsiya davri 230 kun, Baʼzan kuchli shamollar esadi. Tuproklari oʻtloqi-botqoq, boʻz tuproklar. Yov-voyi oʻsimliklardan shuvoq, shoʻra, yantoq, bodom, pista, togʻ rayhoni, doʻlana, rovoch, alqar va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, jay-ran, kalamush, qoʻshoyoq, yumronqoziq, koʻrsichqon, jayra, toʻqaylarda toʻqay mushugi, qobon, chiyaboʻri, qushlardan mayna, soʻfitoʻrgʻay, kaklik, qaldirgʻoch, koʻrshapalak, gʻoz, oʻrdak, sudraluvchilardan oʻqilon, gekkon, koʻzoynakli ilon va b. bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, tojik, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1km2 ga 209 kishi.

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi asosan q. x. ga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Q. x. da bogʻdorchilik asosiy oʻrin tutadi. Ayniqsa, tokchilik rivojlangan. Paxta, don ekinlari, sabzavot, poliz ekinlari ham ekiladi. Sanoat korxo-nalaridan Oltinsoy «Sharob» samarali ishlamoqda. «Sharob» korxona-si 1982-y. da Denov vino-araq z-di tarkibidan ajralib chiqqan. Bir yilda 800 ming dekolitr vino ishlab chkkdriladi. «Portveyn», «Jasorat», «Muskat», «Kagor» naveshri mashhur. Oltinsoy tumanida 2 qoʻshma korxona, 5 yirik sanoat . korxonasi, 172 kichik va xususiy korxona bor.

2003-y. da q. x. da sugʻoriladigan yerlar 12,4 ming ga, shu jumladan, 4,1 ming ga yerga paxta, 4,2 ming ga yerga don ekinlari, 578 ga yerga sabzavot, 90 ga yerga poliz ekinlari ekiladi, 852 ga bogʻlar, 5,5 ming ga tokzorlar bilan band. O. t. da 16 shirkat xoʻjaligi, 120 fermer xoʻjaligi bor.

Tuman jamoa va shaxeiy xoʻjaliklarida 33490 krramol, 49800 qoʻy va echki, 895 ot, 50900 parranda boqiladi.

Tumanda 61 umumiy taʼlim maktabi (34770 oʻquvchi), 4 kollej (1700 talaba), litsey-internat, musika maktablari bor. «Yoriltosh» havaskor qoʻgʻir-choq teatri, «Alpomish» shirkat xoʻjaligidagi folklor ansambli madaniy xizmat koʻrsatadi. Markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, ishlab turibdi. Stadion, 7 sport zali, futbol, voleybol, basketbol, qoʻl toʻpi maydonlari mavjud 1986-y. dan «Oltin-soy tongi» tuman gazetasi chiqariladi (adadi 900).