OLTINSOY

OLTINSOYNavoiy viloyatidagi soy. Oqtogʻning jan. yon bagridan boshlanadi. Uz. 44 km, havzasining mayd. 280 km2. Yuqori oqimida Langarsoy nomi bilan janubi-sharqqa oqadi. Tarama qishlogʻidan quyi qismi Oltinsoy deb ataladi. Chilosh qishlogʻi yaqinida Maydonsoy bilan birlashib, Kattasoyni hosil qiladi. Bosh qismida tor daradan oqadi. Oʻrta va quyi oqimlarida 4 ta koʻhna qayiri bor. O. qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 0,22 m3/sek. (Xonaqa qishlogʻi yaqinida), oqim moduli 2,1 l/sek. km2. Suvi erta bahorda koʻpayadi. Apr. da suvining 20 — 25%, avg. da 2—3% oqadi. Baʼzan soydan sel keladi. 1963-y. bahorida oʻtgan selning mikdori 600 m3/sek. boʻlgan. Umumiy uz. 130 km dan ortiq irmogʻi bor. Oltinsoydan Xatirchi tumanidagi xoʻjaliklar va qishloklar suv oladi. Soy vodiysida Tarama, Oqtepa, Xonaqa, Oltinsoy kabi qishloklar joylashgan.

Next Article

OLTINSOY TUMANI