OLTINTEPA

OLTINTEPAoʻrta asr shahar xarobasi (5—13-a. lar). Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanidagi Qorabogʻ qishlogʻi yaqinida joylashgan. Oltintepa dastlab ToshDUning arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan tekshirilgan (1966). 1964-y. dan muntazam arxeologik tadqiqotlar olib borilgan. Shahar 2 qismdan: hisor rolini oʻynagan markaziy qism (2,5 ga dan ortiq) va raboddan iborat. Oltintepa dagi markaziy tepalikning hajmi 160×160 m, bal. 13 m ga yaqinni tashkil qiladi. Oltintepaning umumiy mayd. 40 ga boʻlgan. Dastlab Oltintepa oʻrnida 5—6-a. larda kichik qishloq yoxud alohida turgan inshoot joylashgan; u 7—8-a. larda kengaygan. Asosiy tepalik mudofaa devori bilan oʻrab olingan, qishloqni shaharga aylanish jarayoni kechgan. 10-a. da shahar nihoyatda katta boʻlgan, hunarmandchilik rivojlangan. 13-a. boshida moʻgʻullar istilosi natijasida vayron boʻlib, 13-a. ning 30-y. larida shahar hayoti qayta jonlangan. Oltintepadan koʻplab sirlangan, turli xildagi naqshlar, yozuvlar bilan bezatilgan sopol idishlar (koʻza, xum, lagan va b.), tangalar, oʻyma naqsh tushirilgan terrakota parchalari, oʻgʻirlar, jez koʻzgu, kuldon, xay-kalchalar va b. topilgan.

Ad.: Lunina SB., Goroda Yujnogo Sogda v VIII—XII vv., T., 1984.