OLTINTOPGAN QOʻRGʻOSHINRUX KONI — Tojikiston Respublikasining Sugʻd viloyati hududida, Olmaliq sh. dan 10 km masofada joylashgan polimetall koni. Kon Qurama togʻining jan.gʻarbida yuqori paleozoy davriga mansub granodioritlar bilan yuqori devon — quyi toshkoʻmir davrlariga oid karbonat jinslar oraligʻidagi tektonik buzilishlar zonasida. Rudalanishning shtok va dayka shakllaridagi granodiorit-porfirlar, granit-porfir, diabazli porfirlarning qumtosh, ohaktosh va slanes qatlamlari bilan tutashgan chegarasida rudali skarnlar hosil boʻlgan. Asosiy ruda hosil qiluvchi minerallar — galenit, sfalerit, kamroq mikdorda pirit, xalkopirit, magnetit va b. ishtirok etgan. Ruda toʻplamlarining qalinligi 10 m, uz. 1 km ga yetadi. Bu mintaqada ruda qazib olish mil. av. 3—2 – ming yilliklarda boshlanganligi maʼlum. Hoz. davr texnologiyalari boʻyicha keng miqyosda ruda qazib olish 1955-y. da Olmalik konmetallurgiya kombinatы tarkibida tashkil etilgan, 1971-y. gacha kombinatsiyalashgan (yer osti va ochiq) usulda ish olib borilgan. Oltintopgan qoʻrgʻoshinrux konidan qazib olingan ruda Olmaliq qoʻrgʻoshin-rux boy-itish f-kasi va z-dida qayta ishlangan. 1990-y. lardan konda qazib olish ishlari toʻxtatilgan.