OLTMEN

OLTMEN Sidni (1939.8.5, Monreal) — amerikalik kimyogar. Kolorado un-ti falsafa dri, Yel un-ti prof. (1971). Asosiy ilmiy ishlari nuklein kislotalar kimyosiga oid. 1970-y. larning oʻrtalarida ichak tayoqchasida gayrioddiy ferment topib, unga ribonukleaza yoki (RNKaza) R deb nom bergan. Keyinchalik bu fermentning nafaqat bakteriyalarda, balki hayvon tuqimalarida ham mavjudligini aniklagan. Ribonukleaza RNK va oqsil komponentlaridan tashkil topganligini, ularni ajratish va qayta biriktirish mumkinligini, RNK dan ajratib olingan oqsil komponentlari fermentativ faollikka ega emasligini isbot qildi. RNK fragmentlari ayni vaqtgacha faqat oqsil fermentlarga taallukli deb hisoblangan, barcha klassik-katalitik xossalarga ega boʻlgan yangi riobizm kashf etdi (1983). Nobel mukofoti laureati (1989, R. Chek bilan hamkorlikda).

Prev Article

OLTIOSOR

Next Article

OLTOY