OLTOY (turkiy va mongol tillarida altan — oltin) — Osiyodagi togʻ sistemasi, RF, Mongoliya va Xitoy hudu-dida. Shim.-gʻarbda Gʻarbiy Sibir te-kisligi (81° shq. u.)dan jan.-sharkda Gobi tekisliklari (106° shq. u.)gacha chuzilgan. Uz. 2000 km. Ayrim tizmalardan iborat. Baland choʻqqilari gʻarbiy qismida (Beluxa, 4506 m). Oltoy uch qismga — Asl Oltoy, Gobi Oltoyi va Mongoliya Oltoyiga boʻlinadi. Asl Oltoy RF Oltoy ulkasi va Qozogʻiston Respublikasining Sharqiy Qozogʻiston viloyatida joylashgan. U shim. da Gʻarbiy Sibir tekisligidan jarlik orqali ajralgan, sharqi va shim.-sharqi Mongoliya Oltoyi, Gʻarbiy Sayan togʻlariga tutashib ketadi. Gobi Oltoyi Mongoliya Oltoyining davomi. Mongoliya hududida. Uz. 500 km, bal. 1500—2500 m, eng baland joyi 3957 m; togʻ etaklarida choʻl, yuqoriroqsa dasht usimliklari oʻsadi.
Oltoy murakkab palaxsali-burmali togʻlar ulkasi. Proterozoydan karbon davrigacha hosil bulgan terrigen, karbonat va vulkanogen jinslaridan tuzilgan. Geologik tuzilishi va geologik rivojlanish tarixiga kura, Oltoy hududining shim.sharqiy qismini egallagan kaledon Oltoy iga (Togʻli Oltoy) va undan chu-qur yoriklar orqali ajralgan gersin Oltoyi — Jan.Gʻarbiy Oltoy (Rudali va Jan. Oltoy)ga bulinadi. Oltoy har xil foydali qazilmalarga boy (Togʻli Oltoyda te-mir rudasi, simob, oltin, nodir metallar, Rudali Oltoyda asl va rangli metallar bor).
Gersin orogenizida vujudga kelgan togʻ relyefi mezozoyda tekislanib krlgan. Paleogen oxirida yana bir oz kutarilgan, neogen oxiri — antropogen boshlarida koʻtarilish yana kuchaygan. Kad. va yangi yoriklar buylab yer qatlamlari palaxsa-palaxsa bulib siljigan va nihoyat, hoz. murakkab relyefi vujudga kelgan. Relyef tuzilishida turtlamchi davr muzliklari va dare eroziyasi katta rol uynagan. Eng baland tizmalar (3200—4000 m va undan baland) — Katun, Shim. Chuya, Jan. Chuya tizmalari Asl Oltoyning markaziy va sharqiy qismlarida bulib, relyefi alp tipli. Koʻpchilik tizmalar birbiridan Oltoy uchun xos bulgan tektonik soyliklar (dashtlar) orqali ajralib turadi.
Iklimi kontinental. Kishi yuqori atmosfera bosimi (Osiyo antitsikloni) taʼsirida sovuq va davomli. Yanv. ningoʻrtachat-rasi —15°dan (togʻoldilarida) —28°gacha, Markaziy Oltoyning togʻlar orasidagi soyliklarida —32° (Chuya dashtida mutlaq minimum —60°). Baland togʻlarda yoz qisqa va salqin; iyulning urtacha t-rasi 1000 m balandlikda 14 va 16° dan oshmaydi. Oltoy — namlik eng kup tuplanadigan joy. Sernam yon bagʻirlarida yiliga 800—1200 mm gacha (ayrim joylarda 2000 mm gacha), jan.sharqida 200—300 mm (Chuya «dash-ti»da 100 mm) yogʻin tushadi. Oltoyda 1000 dan ortiq muzlik bor (umumiy mayd. 800 km2).
Oltoyda dare kup. Daryolar qor suvlari va yomgʻirdan tuyinadi. Bahorda toshadi. Eng yirik va sersuv daryolari: Katun, Togʻli Oltoy, Buxtarma, Biya, Chuya. 3500 dan ortiq koʻl bor (yiriklari Teles, Marqakoʻl).
Landshaft tiplari togʻ dashti, togʻ oʻrmon va baland togʻ landshaftlaridan iborat. Markaziy Oltoyning quruqsoyliklarida ham dasht oʻsimliklari oʻsadi. Togʻ oʻrmon landshaftlari Oltoy hududining 70% ni egallaydi. Togʻ oʻrmonlari 1700—2450 m balandliklar orasida usadi. Oltoyning eng baland tizmalari baland togʻ landshaftini hosil qilgan.
Ad.: Kambalov N., Priroda i prirodnыye bogatstva Altayskogo kraya, Barnaul, 1952; Kuminova A. V., Rastitelnыy pokrov Altaya, Novosibirsk, 1960; Gornыy Altay, Tomsk, 1971.