OM

OM (Ohm) Georg Simon (1787.16.3, Erlangen — 1854.7.7, Myunxen) — nemis fizigi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1842-y. dan). Erlangen un-tini tugatgan (1806). Nyurnberg (Germaniya) politexnika maktabi (1833-y. dan), Myunxen un-ti (1849-y. dan) prof. Ilmiy ishlari elektr, optika, kristallooptika hamda akustikaga oid. Elektr zanjirini kashf qilgan. Shu zanjirning eng muhim xarakteristikalaridan biri — oʻtkazgichlar qarshiligi ekanligini koʻrsatib, qarshilik tushuncha-sini fanga kiritgan. Elektr tokining asosiy qonuni (q. Om qonuni)np yaratgan. Elektr qarshilik birligi — Om uning nomi bilan ataladi.

Prev Article

OLSTER

Next Article

OM QONUNI